/ Текст Manzura - Sevardim takror перевод слова песни

Текст Sevardim takror Manzura

  • Исполнитель: Manzura
  • Название: Sevardim takror
  • Длительность: 02:59
  • Слушали: 24
  • Тип: Текст, слова, перевод
  • Жанр: Uzbek, Uzbekistan,

Текст песни  Manzura - Sevardim takror слова перевод   скачать бесплатно

Текст песни Manzura - Sevardim takror

Bizni bog‘lovchi ko‘priklar,
G‘amga to‘la bu kipriklar,
Jimgina, ovozsiz jig‘lar.
Yuguraman xayol tomon,
Xayollarimda sen hamon,
Orqaga chekinar armon.

Agar qayta tug‘ilishga imkonim
Bo‘lganida edi, yana bir bor
Sevar edim yolg‘iz o‘zingni,
Seni sevardim takror, takror!

Bog‘larim sensiz xazon,
Yana izlab seni sarson
Ko‘zlarim yo‘lingda, ishon.
Sevgingsiz yashayin qandoq,
Cho‘kadi sog‘inchga nigoh,
Bugun menga qayg‘u hamroh.

Agar qayta tug‘ilishga imkonim
Bo‘lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg‘iz o‘zingni,
Seni sevardim takror, takror!..

Yulduzlarga tikilib, seni esladim,
Dengizlarga termilib, seni esladim...
Sog‘indim, sado ber, qaydasan?
“Men yonginangdaman!”
“Yonginamda?
Nega unda seni ko‘rmayapman?”
“Qalbingga nazar sol!”

Agar qayta tug‘ilishga imkonim
Bo‘lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg‘iz o‘zingni,
Seni sevardim takror, takror!...
К сожалению, Ваш браузер не поддерживает отображение текста из mp3 файла
Эти шаги должны помочь 👇


Скачайте одним файлом:

Скачать слова текст и слова песни Sevardim takror одним файлом
Другие тексты песен